Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2018 18:23 Chop etish versiyasi

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan yettinchi fuqaro ham o‘zbekistonlik ekani ma’lum qilindi

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan yettinchi  fuqaro ham o‘zbekistonlik ekani ma’lum qilindi Kecha, 1 mart kuni Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati, Mang‘iston tumanining hududidan o‘tuvchi “Oqtov – Beynov” avtoyo‘lida “Shacman” yuk mashinasi (davlat raqami – 737 DPA/12) va “Lada Largus” yengil avtomobili (davlat raqami – 90 S 830 JA) bilan to‘qnashuvi oqibatida o‘zbekistonlik fuqarolar halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida avtomobil yonib ketgan va voqea joyida 7 fuqaro, shu jumladan, 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zA muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatidan ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan fuqarolar shaxsi aniqlangan va ularning 7 nafari ham O‘zbekiston fuqarosi.

Quyida ularning shaxsini qo‘shimcha kiritgan holda, takroran ma’lum qilamiz:

1. Allayarov Rasulbek Qo‘ziboyevich – 23.02.1981 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi, 19-uyda istiqomat qilgan (haydovchi).

2. Dushamov Zokir Quronboyevich – 11.04.1977 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, «Chukli» QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

3. Rahimov Sherzod Saparboyevich – 12.07.1980 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, «Guliston» shaharchasida istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

4. Beknazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li – 27.10.1995 y.t., Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani “Nayman” QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

5. Madaminov G‘ayrat Ro‘zmatovich – 13.10.1985 y.t., Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi, 34-uyda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

6. Boltayev Mahmudjon Soburjon o‘g‘li – 21.09.1995 y.t., Xorazm viloyati, Yangiariq tumani «Ostona» QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).
7. Masharipov Sanjar Turdiyevich – 20.06.1991 y.t., Xorazm viloyati, Yangiariq tumani “Ostona” QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi)

Ayni paytda mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchiligi mas’ullari voqea joyida bo‘lib, halok bo‘lganlarni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

O‘zA
5 167