Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.10.2017 17:12 Chop etish versiyasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir guruh yurtdoshlarimizga fuqarolik pasportlari topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir guruh yurtdoshlarimizga fuqarolik pasportlari topshirildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida Prezidentimiz farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, shaxsiy manfaatlari qonun bilan kafolatlab qo‘yilgani, har bir fuqaroga beriladigan pasport O‘zbekiston Respublikasining mulki bo‘lib, uning egasi davlat muhofazasida ekani ta’kidlandi.

Fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar orasida nukuslik Komiljon Yo‘ldoshev ham bor. U qo‘shni Turkmanistonda tug‘ilib o‘sgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olgan. Ko‘p yillardan buyon savdo sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Turmush o‘rtog‘i bilan ikki o‘g‘il va ikki qizni tarbiyalab kamolga yetkazdi.

– Bugun chorak asr davomida armon bo‘lib kelgan orzuim amalga oshdi, – deydi Komiljon. – O‘zim va farzandlarim yashab, mehnat qilayotgan davlat fuqarosi bo‘ldim. Men ham endi barcha kabi o‘z huquqlarimdan emin-erkin foydalana olaman. Saylovlarda ishtirok etib, yurtimiz kelajagi uchun ovoz beraman. Bunday baxtga muyassar qilgan Prezidentimizdan minnatdorman. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lganimdan faxrlanaman.

9.jpg

Shuningdek, tadbirda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilaridan bir guruhiga biometrik pasport topshirildi.

– 2017-yil 10-oktabr sanasi hayotimda unutilmas kun, – deydi Nukusdagi 22-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Dilnoza Uzoqbergenova. – Qo‘limga O‘zbekiston Respublikasi pasportini olar ekanman, o‘zimni birdaniga ulg‘ayib qolgandek his qildim va buning ortida shu yuksak ishonchga munosib bo‘lishdek katta mas’uliyat turganini angladim.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov so‘zga chiqdi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 984






Все о погоде - Pogoda.uz