Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.04.2017 17:03 Chop etish versiyasi

Qonun ustuvorligi ta’minlanadi

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ichki ishlar organlarini xalq va jamiyat, davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Sohada olib borilgan izchil chora-tadbirlar samarasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan brifingda shular haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari A.Boboxonov va boshqalar amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson manfaatlarini ta’minlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur hujjat tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash va soha xodimlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan. Unda ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini qonun darajasida belgilash, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga doir muhim vazifalar belgilab berilgan.

Bugungi kunda xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida ma’naviyatimizga yot g‘oyalar tarqalishi kabi tahdidlar ichki ishlar organlari zimmasiga g‘oyat mas’uliyatli yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Brifingda farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi haqida ma’lumot berildi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
845






Все о погоде - Pogoda.uz