Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 19:18 Chop etish versiyasi

Qonun bilimdonlari bahsi

Qonun bilimdonlari bahsi Nukusda “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan tanlovda besh jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Ishtirokchilarning mamlakatimiz qonunchiligi hamda yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi bilimi to‘rt shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Nukus ijtimoiy iqtisodiyot kollejining “Istiqlol qanotlari” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Ellikqal’a maishiy xizmat kasb-hunar kollejining “Adolat” jamoasi, uchinchi o‘rinni Shumanay qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Xumo” jamoasi egalladi.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
447






Все о погоде - Pogoda.uz