Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 16:09 Chop etish versiyasi

«Qomusimiz – faxrimiz» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «Qomusimiz – faxrimiz» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Institut rektori O‘.Umurzoqov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov va boshqalar Konstitutsiyamizda inson huquqlari har tomonlama kafolatlangani har bir sohada rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan uchrashuv yoshlarning o‘z huquqi, erkinligi va burchlarini bilishi, siyosiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Talabalarning inson huquqlari, burchlari, siyosiy jarayonlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan bergan savollariga javob qaytarildi.

Barno Meliqulova, O‘zA
1 046






Все о погоде - Pogoda.uz