O‘zA O`zbek

05.10.2019 Chop etish versiyasi

Qizilmiya ildizi oʻgʻrisi qoʻlga tushdi

Qizilmiya ildizi oʻgʻrisi qoʻlga tushdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi Shumanay tumani inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi reyd davomida qizilmiya ildizini noqonuniy kovlab olib ketayotgan oʻgʻrini qoʻlga tushirdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi jamoatchilik va OAV bilan ishlash boʻlimining maʼlum qilishicha, 2019-yil 14-sentyabr kuni Shumanay tumani inspeksiyasining davlat inspektori K.B. Shumanay tumani “Mamiy” OFY hududidagi M.Asanov fermer xoʻjaligi yerlarini koʻzdan kechirayotganda qizilmiya ortib ketayotgan traktorni toʻxtatgan. Maʼlum boʻlishicha, Qanlikoʻl tumani fuqarosi S.T. MTZ rusumli traktori bilan noqonuniy ravishda 1600 kg qizilmiya oʻsimligi ildizini kovlab, olib ketayotgan ekan.

Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli qaror talablarini qoʻpol ravishda buzib, oʻsimlik dunyosiga 3 million 568 ming soʻm zarar yetkazgan.

Toʻplangan hujjatlar Shumanay tumani Maʼmuriy ishlari boʻyicha sudiga yuborilgan.

1 896
Ye.QANOATOV, OʻzA