O‘zA O`zbek

15.03.2018 15:38 Chop etish versiyasi

Qirq qiz qal’asi

Qirq qiz qal’asi Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qirq qiz qal’asi XIV-XV asrlarga oid yodgorlik bo‘lib, xalq orasida uning kelib chiqishi va tarixi bilan bog‘liq ko‘plab afsona va rivoyatlar tarqalgan.

Ba’zi ma’lumotlarda keltirilishicha ushbu qal’ada o‘z yerlarini talonchi ko‘chmanchilardan himoya qilgan Guloyim boshchiligidagi 40 qiz yashagan.

Bino to‘rtburchak shaklda bo‘lib, o‘rtasida kvadrat shaklidagi hovlisi va uning 50 ga yaqin xonalari mavjud. To‘rt bo‘limli imoratning har bo‘limda ikki qavatli to‘g‘ri burchakli xonalar va dahlizlar, o‘rtada esa mehmonxona bo‘lgan. Imoratning old tomonidagi devori naqshsiz, silliq qilib ishlangan. O‘ziga xos mohirona qurilishi orqali go‘zalikka va hashamdorlikka ega bino oradan garchi ko‘p asrlik vaqt o‘tgan bo‘lsada o‘z jozibasini yo‘qotmagan.

Ajdodlarimizdan meros Qirq qiz yodgorligini asrab-avaylash maqsadida hozirda mazkur obyektda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

2.jpg

4.jpg

5 (1).jpg

6 (1).jpg

7 (1).jpg

8 (1).jpg

9 (1).jpg

10.jpg

Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
14 021