O‘zA O`zbek

18.03.2019 12:37 Chop etish versiyasi

Qirg‘ovul va kaptar otgan ovchilar qo‘lga tushdi

Qirg‘ovul va kaptar otgan ovchilar qo‘lga tushdi

Nukus shahri ”Bestobe” shaharchasi hududida qirg‘ovul va kaptarlarni otib yurgan fuqarolar ushlandi.

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 16 yanvardagi ”Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qirg‘ovullarni himoyalash va bosh sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish komiteti Bioxilmaxillik va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar bo‘yicha davlat inspektori T.Toreniyazov. – Ushbu qarorga asosan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari chog‘ida ”Bestobe” shaharchasi hududida qirg‘ovul va kaptarlarni otib yurgan Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi M.R. va S.T. ismli fuqarolar ushlandi.

Ular ovchilikka oid amaldagi qonun va qoidalarga amal qilmasdan, o‘zlariga tegishli bo‘lgan ov miltiqlari yordamida 2 dona qirg‘ovul va 7 dona kaptar qushlarini maxsus yullanmasiz, ushbu qushlarni ovlash taqiqlangan bir vaqtda otib olayotgan paytida ushlandi.

Ulardan TOZ markali ikki dona miltiq, ikki dona qirg‘ovul va yetti dona kaptar ashyoviy dalil sifatida olib quyildi.

Hayvonot dunyosiga keltirilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hisoblanib, 1 million 520 ming 475 so‘m, deb baholandi.

Reyd tadbirlari davom etmoqda.

A.Jiemuratov, O‘zA
850