Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 18:51 Chop etish versiyasi

Qidiruvda bo‘lgan 19 nafar shaxs ushlandi

Hududda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va qonun ustuvorligini ta’minlashda Toshkent viloyati ichki ishlar organlari tomonidan doimiy ravishda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatda 31-avgustdan 7-sentabrga qadar qasddan odam o‘ldirish, badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, bezorilik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa shu kabi 118 jinoyatning 110 tasi tezkor-tergov harakatlari natijasida fosh etildi. Hafta davomida qidiruvda yurgan 19 nafar shaxs ushlandi.

Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, “Asilbek” do‘koni yonida noma’lum shaxslar uning taxminan 900 ming so‘m turadigan 1 dona uyali aloqa telefoni va 300 ming so‘m pulini tortib olganini ma’lum qilgan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi 3 nafar voyaga yetmagan bola sodir etgani aniqlandi. Huquqbuzarlarga tegishli jazo choralari ko‘rildi.

Arzimagan janjal tufayli bir-biriga og‘ir tan jarohati yetkazib, oqibati o‘lim bilan tugayotgan holatlar ham uchramoqda. Xuddi shunday jinoyatlar hafta davomida Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlarida sodir etilgan. Ushbu holatlar yuzasidan aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari, turli uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etayotir. Bunda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilganda zudlik bilan ichki ishlar organlariga yoki boshqa tegishli tashkilotlarga xabar berish lozimligi tushuntirilmoqda.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 451






Все о погоде - Pogoda.uz