Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.12.2017 18:19 Chop etish versiyasi

Qarshidagi imkoniyati cheklangan 50 nafar bola nogironlik aravachasiga ega bo‘ldi

Qarshidagi imkoniyati cheklangan 50 nafar bola nogironlik aravachasiga ega bo‘ldi Qarshi shahridagi Muruvvat uyida 270 nafar imkoniyati cheklangan bola zamonaviy sharoitlarda tarbiyalanmoqda.

2017-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu Muruvvat uyi kapital ta’mirlanib, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy mini futbol maydonchasi, 60 o‘rinli oshxona, barcha sport inventarlari bilan ta’minlangan sport zali hamda boshqa xonalar yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

– Shunday xalqparvar Prezidentimiz borligidan faxrlanaman, – deydi Muruvvat uyi tarbiyalanuvchisi Shodi Rahmonov. – Bizning boshimizni silab, otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda. Muassasamizda ta’lim olishimiz, davolanishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. Men uchun bu yilgi Yangi yil shu paytgacha ko‘rganlarimdan zo‘r bo‘ldi. Imkoniyatim cheklangan bo‘lsa-da, aqlim joyida. Adabiyotga qiziqaman. She’r mashq qilib turaman. Bu iste’dodimni yurtim ravnaqi yo‘lida bag‘ishlayman.

Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovg‘asi topshirildi, 50 nafar imkoniyati cheklangan bolaga nogironlik aravachalari taqdim etildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA
1 386