Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.01.2018 18:38 Chop etish versiyasi

Qarshi – Chim – Chiroqchi – Shahrisabz yo‘lida ahvol o‘sha-o‘sha

“Qarshi – Chim – Chiroqchi - Shahrisabz” avtomobil yo‘lidan kelajakda maqsadli foydalanish uchun mazkur yo‘lda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, bitta yetaklovchi o‘qqa 9 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan avtomobillar harakatlanishi taqiqlangan. Bu me’yor viloyat hokimining o‘tgan yil 18 avgustdagi “4R79 “Qarshi – Chim – Chiroqchi - Shahrisabz” avtomobil yo‘lidan kelajakda maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. Lekin bugungi kunda bu holat nazoratga olinmayapti. Mutasaddilar esa mavjud holatga panja orasidan qaramoqda.

Viloyat hokimining qarori qabul qilingandan buyon shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ahvol o‘sha-o‘sha. Qatnov ilgari qanday bo‘lsa, hozir ham shunday davom etmoqda. To‘la vazni 9 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari go‘yo hech qanday taqiq yo‘qdek bemalol harakatlanmoqda. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari esa harakati taqiqlangan transport vositalarini negadir "ko‘rmay qolishyapti". Vaholanki, viloyat hokimining qarori ijrosini ta’minlash viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan.

Aksincha, mazkur qarordan so‘ng yuk tashuvchilar aylanma yo‘ldan qatnayapmiz qabilidagi bahonalarni vaj qilib, qum, shag‘al kabi qurilish ashyolarini ikki barobar narxda pullashmoqda. Xo‘sh, bu nima, qaror ijrosiga bepisandlikmi yoki yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni shu yo‘sinda bajarishga ko‘nikib qolishganmi?

O‘lmas Barotov, O‘zA
4 898