Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.05.2018 21:40 Chop etish versiyasi

Qadri ortayotgan qahramonlik

Toshkent shahridagi Inha universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mudofaa tizimida ko‘p yillar xizmat qilgan faxriylar, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.Ahmedxo‘jayev, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayev urush qatnashchilari va faxriylarini bayram bilan qutlab, jang maydonlarida Vatan tinchligi uchun kurashish buyuk jasorat, chinakam mardlik ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va universitet talabalari faxriylar bilan suhbat qurdi. Yoshlarga xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi, yurtdoshlarimizning urushda va front ortida ko‘rsatgan matonati, bugungi dorilomon kunlarga erishish yo‘lida jonini fido qilgan ota-bobolarimiz mardligi va jasorati tarixiy misollar asosida tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan harbiy va mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
2 545