Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.03.2018 18:26 Chop etish versiyasi

Psixiatriya xizmati muassasalarining ayrim funksiyalari sog‘liqni saqlashning xususiy sektoriga o‘tkaziladi

Prezidentimizning psixiatriya xizmati muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda sohada xususiy tibbiyotni rivojlantirish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.

2018-yil 1-maydan boshlab xususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha aholiga ayrim xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari uyushmasi bilan birgalikda ruhiy holati buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash uchun xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati muassasalarining ayrim funksiyalarini sog‘liqni saqlashning xususiy sektoriga o‘tkazish aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantiradi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun sohaga investitsiyalar jalb qilinadi.

O‘zA
2 867