Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.12.2017 10:56 Chop etish versiyasi

Profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi Andijonda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, qator vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlari oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining xizmat va yashash sharoitini yaxshilash, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorligini, mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.



Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Marosimda profilaktika inspektorlariga zamonaviy xizmat uyi va yangi avtomashina kaliti topshirildi.

– Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor, yaratilayotgan sharoit bizni yanada sidqidildan xizmat qilishga undaydi, – deydi Andijon shahridagi "Soy" mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori, mayor Boburbek Abdufattoyev. – Endi profilaktika inspektorlari mahalla hududida oilasi bilan birga yashaydi, mahalla ahlining quvonchu tashvishiga sherik bo‘ladi, muammolarni birgalikda hal etadi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
2 245