Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 18:25 Chop etish versiyasi

Profilaktika inspektorlari malaka oshirmoqda

Samarqand davlat universitetida profilaktika inspektorlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘ini boshlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 9-fevralda o‘tkazilgan ichki ishlar organlari faoliyati, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasida tashkil etilgan o‘quvning dastlabki guruhida Samarqand shahri, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Jomboy tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 120 dan ortiq profilaktika inspektori malaka oshirmoqda.

Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘qituvchilari, viloyat IIB sohaviy xizmatlari rahbarlari profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash, hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati, bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida tushuncha bermoqda.

– Prezidentimizning bir qator ma’ruzalari va soha xodimlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan bevosita va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda profilaktika inspektorlari malakasini oshirish mazkur o‘quv kurslarining asosiy maqsadidir, – deydi IIV akademiyasi malaka oshirish fakulteti kasb tayyorgarligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Ulug‘bek Rasulov. – O‘quv davomida viloyatdagi 660 ga yaqin profilaktika inspektori besh guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda qatnashadi. Ikki haftalik o‘quv jarayonida ularga maxsus dastur asosida ish faoliyatida zarur bo‘ladigan eng muhim masalalar yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 225






Все о погоде - Pogoda.uz