O‘zA O`zbek

04.01.2018 15:11 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizdagi "Navro‘z" bog‘ida harbiy musiqachilar konserti yosh tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi

Baxtiyor Saidjonov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri poytaxtimizdagi "Navro‘z" bog‘ida konsert dasturi taqdim etdi. Yuksak mahorat bilan ijro etilgan harbiy kuy-qo‘shiqlar, jumladan, orkestr karnaychisi Inar Asfandiyorov ijrosi yosh tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Xususan, O‘tkir Muhiddinovning klarnetda va Aleksandr Shaxunovning basda ijro etgan kuylari barchaga manzur bo‘ldi.

Shundan so‘ng Qurolli Kuchlarning Markaziy ashula va raqs ansambli san’atkorlari milliy qo‘shiqlar ijro etdi, jo‘shqin raqslar bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, Sherzod Imomberdiyev ijrosidagi "Jon Vatan" va Botir Hojiyev ijrosidagi "Armiyam" qo‘shiqlarini tomoshabinlar qarsaklar bilan olqishladi.

Harbiy musiqachilarning mazkur konserti yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga, ularning Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga qiziqishini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ablay Kamolov, O‘zA
9 256