Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 12:31 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizdagi Do‘stlik bog‘ida mustaqilligimizning 26 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi Do‘stlik bog‘ida mustaqilligimizning 26 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari taklif etildi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari K.Eshonxo‘jaev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ahillikni ko‘z qorachig‘idek asrash, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlik, mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini mustahkamlashga oid ibratli sa’y-harakatlar bugun ham izchil davom ettirilayotganini ta’kidladi.

Istiqlol yillarida milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

4.JPG

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, do‘stlik festivallari, foto va badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda.

– O‘zbek musiqa san’atiga qiziqaman, – deydi Magdalina Kim. –Bayram uchun o‘zbekcha qo‘shiqlarni tayyorladim. Ularni tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda, jo‘rovoz kuylaganimiz qalbimda katta hayajon uyg‘otdi. Jonajon Vatanimiz ravnaqi, tinchligi, farovonligiga hissa qo‘shish barchamizning muqaddas burchimiz.

Milliy madaniy markazlarning istiqlol, ona-O‘zbekistonimiz, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi musiqiy dasturi namoyish etildi. Turli millat va elat vakillarining madaniyati, amaliy san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

Nazokat Usmonova, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA
3 243






Все о погоде - Pogoda.uz