Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2018 16:40 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda yangi korxona ish boshladi

Bektemir kichik sanoat zonasida joylashgan «LebenGruppe» qo‘shma korxonasi bir yil oldin o‘z faoliyatini boshlagan edi. Bugun uning rasmiy ochilishi va mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu korxona innovatsion texnologiyalar asosida mebel va qurilish uchun zamonaviy, Yevropa standartlariga mos, suvga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda olib borilayotgan shaharsozlik, qurilish-muhandislik ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi. Bu jarayonda mazkur korxona ham jadal rivojlanishni maqsad qilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi yurtimiz iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi bilan birga xalq farovonligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA
2 111