Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.07.2018 09:02 Chop etish versiyasi

Poytaxtda doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar bittaga ko‘paydi

Poytaxtda doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar bittaga ko‘paydi
Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.

Hukumatning 2018-yil 18-iyuldagi qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatda shu paytgacha 66 ta tashkilot mavjud edi.

O‘zA
1 776