O‘zA O`zbek

10.08.2018 09:55 Chop etish versiyasi

Poytaxt imom-xatiblari savob ishga bel bog‘lashdi

Poytaxt imom-xatiblari savob ishga bel bog‘lashdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi topshirig‘i bilan Toshkent shahridagi barcha masjidlarning imom-xatib va imom noiblari 7-9-avgust kunlari poytaxtning uch tumani – Sirg‘ali, Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi barcha mahallalarda xonadonlarga tashrif buyurib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rgandilar.

9-avgust kuni Olmazor tumanidagi “Siroj solih” jome’ masjidi imom xatibi Hasanjon Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Sirg‘ali tumani “Daryo bo‘yi” mahallasi aholisining yashash sharoiti bilan tanishdilar.

33df9bf1-730e-43a8-9e3b-159bcfc42ff7.jpg

Tadbir davomida fuqarolarning muammolari, taklif-mulohazalari o‘rganilib, “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda mahalladagi yordamga muhtoj oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bundan tashqari, ishchi guruh mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning uyini ta’mirlab beradigan bo‘ldi.

35f855b7-8a53-4d1d-a03c-4df08c3d1177.jpg

c2707d02-7af6-49ab-b036-ec4c29cfcdb8.jpg

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O‘zA
3 310