O‘zA O`zbek

16.07.2018 18:09 Chop etish versiyasi

Poytaxt hokimligida “Ochiq eshiklar kuni”

Poytaxt hokimligida “Ochiq eshiklar kuni”
Toshkent shahar hokimligida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalar jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tarzida tashkil etilgan tadbirda poytaxtimizning 11 tumanidan 110 dan ortiq yirik loyiha ko‘rgazmasi namoyish etildi. Loyihalarni chuqur o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi rahbarlari tadbirkorlar va investorlarga o‘z takliflarini berdi.

Tadbirda poytaxtimizning gullab-yashnashi, xalqimizning yanada farovon hayot kechirishi yo‘lida davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish kutilgan ijobiy natijalarni berishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev qatnashdi.

N.Usmonova, O‘zA
3 690