Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 11:43 Chop etish versiyasi

Umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir “Konstitutsiya – baxtimiz tayanchi” deb nomlandi​

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Bag‘dod pedagogika kollejida bo‘lib o‘tgan tadbirda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda Bosh qomusimiz muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

– Mustaqillik yillarida xalqimiz erishayotgan barcha yutuq va marralar zamirida Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan prinsip va tamoyillar mujassamdir, – deydi Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari I.Nosirov. – Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini har tomonlama chuqur o‘rganish, targ‘ib etish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Olimlar, ijodkorlar, sanatkorlar, sportchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbir va uchrashuvlarda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishda Asosiy qonunimizda belgilab berilgan tamoyillar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani haqida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Marg‘ilon shahridagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan shunday tadbir “Konstitutsiya – baxtimiz tayanchi” deb nomlandi. Unda Konstitutsiyamiz xalqimizning asriy orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgani, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati qurish va xalqimiz farovon hayotining huquqiy kafolati ekani alohida ta’kidlandi.

– Yurtimizda biz, yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashimiz, o‘zimiz qiziqqan soha bilan muntazam shug‘ullanishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi maktab o‘quvchisi Iroda Azimova. – Konstitutsiyamizda belgilangan huquqlarimizdan to‘la foydalangan holda, fuqarolik burchimizni ham sidqidildan bajarishga harakat qilmoqdamiz. Ustozlarimiz bizga Konstitutsiyamizning har bir bandini chuqur o‘rgatmoqda. Bugungi tadbir bu boradagi bilimlarimizni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Tadbirda shoirlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
1 203






Все о погоде - Pogoda.uz