Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.02.2018 08:30 Chop etish versiyasi

Piyodalar o‘tish yo‘llari endi sariq rangga bo‘yaladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, Nukus shahridagi piyodalar o‘tish yo‘llari endi sariq rangga bo‘yaladi.

Sariq chiziqlar bilan bo‘yash ishlari ob-havo isiganidan keyin amalga oshiriladi.

Piyodalar o‘tish yo‘lidagi chiziqlarning sariq rangga almashtirilishi Nukusda yo‘l transport hodisalari ko‘payib ketishi bilan bog‘liq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan taklif etilgan namunaga asosan maktablar, sport majmualari va bolalar qatnovi ko‘p hududlardagi katta yo‘llarga chiziladigan sariq chiziqlar uzunligi 4 metr, eni 60 santimetr bo‘ladi.

Anvar Nasirlayev, O‘zA
5 230