Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2018 12:28 Chop etish versiyasi

Pedagoglar uchun quvonchli voqea

Mamlakatimizda barcha sohalar qatorida maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni har tomonlama sog‘lom voyaga yetkazish uchun shart-sharoit yaratish, ularni ta’lim jarayoniga munosib tayyorlashda jonkuyar, fidoyi va malakali pedagog kadrlardan maqsadli foydalanish, soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori soha xodimlari uchun yana bir quvonchli voqea bo‘ldi.

– Mazkur qaror bizni juda quvontirdi, – dedi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 106-MTM rahbari Shahlo Valiyeva. – Bu yuksak e’tibor mehnatimizni munosib baholash bilan birga, pedagog kadrlarning o‘z kasbiga mehrini yanada oshiradi, bola tarbiyasiga mas’uliyat va izlanuvchanlik bilan yondashib, bildirilgan ishonchni oqlashga undaydi. Yoshlarda kasbimizga qiziqishni, bizda esa u bilan faxrlanish tuyg‘usini yanada oshiradi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
5 149