Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 18:23 Chop etish versiyasi

Payariq tumanidagi “Yoshlar bog‘i”da “Nuroniylar maskani” ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Yoshlar bog‘i”da barcha qulayliklarga ega “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi.

Majmuaning ochilish marosimida tuman hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi A.Jo‘rayev, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi H.Normurodov mamlakatimizda keksa avlod vakillarini e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

–Bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib, shunday yurtda yashayotganimdan faxrlandim, – deydi mehnat faxriysi Jalil Eshquvvatov. – Dunyoning turli nuqtalarida sodir bo‘layotgan notinchliklar, tabiiy ofatlar, ayniqsa, qariyalarning mashaqqatli hayotini ko‘rib, yurtimizdagi bugungi tinchlik-xotirjamlik, dorilomon kunlarga qayta-qayta shukrona aytamiz. Yoshi ulug‘ insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘nglimizni ko‘tarib, umrimizga umr qo‘shmoqda.

Shu kabi “Nuroniylar maskani” Samarqand viloyatining Narpay tumanida ham ochildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
688






Все о погоде - Pogoda.uz