Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 18:54 Chop etish versiyasi

Partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi yangi qarorlarning ahamiyatiga bag‘ishlandi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida o‘tgan haftada Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qator qarorlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Prezidentimizning 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur sohada yangi vazifalarni belgilab berdi. Qaror asosida maktabgacha ta’lim bo‘yicha yangi tizim shakllanadi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-sentabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining amalga oshirilishi qator ijtimoiy masalalar, xususan, bandlikni ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytiradi.

Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha alohida ish reja ishlab chiqish, uning bajarilishi ustidan samarali deputatlik nazoratini o‘rnatishga kelishib olindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Prezidentimizning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi hamda 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini targ‘ib-tashviq etish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
845






Все о погоде - Pogoda.uz