Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 12:23 Chop etish versiyasi

Ozon – atmosfera himoyachisi

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litseyda 16-sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mutaxassislar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar qatnashdi.

Mutaxassislarning fikricha, ozon atmosfera sofligini ta’minlaydi. Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni qaytaradi. Ammo afsuski, kundalik turmushda foydalanilayotgan ayrim maishiy texnika turlari, pardoz vositalaridagi ozon qatlamini yemiruvchi moddalar – xlorftoruglerodli birikmalar ozon qatlamining himoya funksiyasi susayishiga, hatto «ozon darchalari» hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Ultrabinafsha nurlarining ba’zilari yerga tushishi oqibatida esa saraton, o‘sma, teri-tanosil kasalliklari ko‘paymoqda.

Tadbirda o‘quvchilarga ozon qatlami va uning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar hamda ozon qatlamini himoyalashga qaratilgan xalqaro va milliy huquqiy-me’yoriy hujjatlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 275






Все о погоде - Pogoda.uz