Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.07.2018 08:36 Chop etish versiyasi

Oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashdimi?

Oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashdimi?
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,8 foizga arzonlashdi.

Bu iste’mol narxlari indeksi (INI)ning 0,8 foiz darajada pasayishiga zamin yaratdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.

2018 yilning iyun oyida asosiy guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi

(o‘tgan oyga nisbatan, o‘sish va pasayish, %)

photo5319306740170336409.jpg

Meva va sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi, jumladan, tuxum, shakar, yog‘ va moy mahsulotlarining arzonlashgani umumiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, umumiy INIning 1,5 foiz darajada pasayishiga olib keldi. Shular bilan bir qatorda go‘sht, non, alkogol va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining qimmatlashishi umumiy INIning ko‘tarilishiga yordamlashdi (0,7 foiz darajada ta’sir etdi).

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi tarkibiga kiruvchi tovarlar narxlari orasida qimmatlashish borasidagi yetakchilik yorma va dukkaklilarga (o‘sish 15,3 foiz), pasayish bo‘yicha esa kartoshka hamda sabzavot mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi (pasayish mos ravishda 38,9 foiz va 29,1 foiz).

2018 yilning iyun oyida asosiy guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari o‘zgarishi.
(o‘tgan oyga nisbatan, %)

photo5319306740170336410.jpg
photo5319306740170336411.jpg
photo5319306740170336412.jpg
photo5319306740170336413.jpg

O‘zA
3 078