Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2018 18:26 Chop etish versiyasi

Ozarbayjonda prezidentlik saylovlari. “Yangi Ozarbayjon” partiyasi o‘z nomzodini ilgari surmoqda

Ozarbayjonning “Yangi Ozarbayjon” hukmron partiyasi joriy yilning oktabr oyida mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev nomzodini ilgari suradi. Bu haqda partiya ijrochi kotibi Ali Ahmedov ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Saylovlarda partiyamizdan nomzod sifatida Prezident Ilhom Aliyev ko‘rsatiladi. Ishonamanki, mamlakatimiz yoshlari ham uning g‘alabasi uchun ovoz berishadi”, – degan Ali Ahmedov jurnalistlarga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentabr oyida Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishga asosan Ozarbayjonda prezidentlik muddati yetti yil etib belgilangan.

Saylovlar shu yil oktabr oyining 17 sanasida o‘tishi rejalashtirilgan

O‘zA
8 106