Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 17:53 Chop etish versiyasi

Ota-onalarning bolalar tarbiyasiga mas’ulligi Konstitutsiyaning 64-moddasida ham qayd etilgan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, qator manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning 22-noyabridan 22-dekabriga qadar «Yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish oyligi» o‘tkazilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari orasida ijtimoiy ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan oylik doirasida ta’lim muassasalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi kurashishga qaratilgan davra suhbatlari, seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Farzandlarni barkamol etib tarbiyalashda oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandi ta’lim-tarbiya olishini nazorat qilish bilan birga, bo‘sh vaqti qanday o‘tayotgani, nimalarga qiziqib, kimlar bilan oshno bo‘lib voyaga yetayotganini doimo nazorat qilib borishi davr talabiga aylanmoqda. Ota-onalarning bolalar tarbiyasiga mas’ulligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ham qayd etilgan. Unga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ichki ishlar idoralari profilaktika xizmati xodimlari, jamoat tuzilmalari hamda fuqarolar hamkorligining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqligi aytib o‘tildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Yoshlarni ogohlikka chorlovchi «Umr zavoli» deb nomlangan videofilm namoyish etildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 033






Все о погоде - Pogoda.uz