Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.06.2018 19:22 Chop etish versiyasi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik qilmoqchi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik qilmoqchi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat hamkorlik strategiyasini tayyorlashning asosiy masalalari — 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va boshqa rivojlanish dasturlariga muvofiq, MHSning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, ijtimoiy sohalar — ta’lim va bandlik tizimi asosiy mavzu qilib belgilab olindi.

Shuningdek, missiya yakunida mamlakat bo‘ylab operatsiyalar bo‘yicha biznes-reja doirasida rejalashtirilgan loyihalarning kutilayotgan mikdori, makroiqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zA
1 950