O‘zA O`zbek

17.08.2018 23:05 Chop etish versiyasi

Orzuingiz ushalsin, hoji bobo!

Orzuingiz ushalsin, hoji bobo! O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari rivojlanib bormoqda. Toshkent va Dushanbeda savdo-sanoat ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston tojik xalqi talablarini, Tojikiston 33 millionli o‘zbek xalqining bozorini o‘rganmoqda.

Bu xaqda Tojikiston Respublikasi Cavdo-sanoat palatasining raisi Sharif Said bunday deydi:

– Tadbirkorlarning iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, chegaradosh viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini, xususan, tog‘-kon, mashinasozlik, yengil va to‘qimachilik sanoati, yo‘lsozlik, tranzit, meva-sabzavotni qayta ishlash kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish zarur. Turizm ham strategik sohalardan biriga aylanmoqda. Ayni bir paytda maxsulotlarimizni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmalar, konferensiyalar, tadbirkorlar muloqoti – biznes-forumlar tashkil qilish lozim. Bu ishlarning barchasi ikki davlat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.

Navbatma-navbat Dushanbe va Toshkentda o‘tkazildigan biznes-forumlar tadbirkorlarni boshini boshiga qo‘shdi, korxonalarni birodarlashtirdi va ko‘plab masalalarni hal qilishga xizmat qildi. Tovar ayirboshlash hajmi avvalgi yilga nisbatan qariyb 6 barobar ortdi.

Tojikistonda O‘zbekistonning 56 kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan. Davlat chegarasidagi sakkizta avtomobil, bitta temir yo‘l va 9 ta nazorat o‘tkazish punktlari qayta tiklandi.

Tojikistonda mamlkatdagi erkin iqtisodiy zonalar hududlarida qo‘shma korxonalar tashkil qilishda xorijlik mulk egalariga qator qulayliklar, soliq imtiyozlari yaratilgan.

Tojikistonga press-tur uchun taklif etilgan MDH jurnalistlari Mirzo Tursunzoda shahri yaqinidagi “Hoji Ne’mat” dehqon xo‘jaligida bo‘ldi. Xo‘jalikning 72 yoshli rahbari Ne’mat bobo Usmonov Regarda tug‘ilgan. Ota-bobolari esa Oltiariqdan. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon nutqlarining birida Ne’mat boboni katta hurmat va ehtirom bilan “shaxsiy do‘stim” deb atagan.

Jurnalistlar bilan suhbatda Ne’mat bobo “Bir orzuim bor. Shavkat Mirziyoyevning qo‘lini siqib, Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkam qilib tiklayotgani uchun chin qalbdan katta rahmat aytmoqchiman”, dedi.

Orzuingiz ushalsin, Hoji bobo!

I. Abduxoliqov, O‘zA
2 022