Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.06.2018 14:18 Chop etish versiyasi

Onlayn: yosh tadbirkor Temur Maminov insonparvarlik ko‘rsatdi

photo5226845474496030880.jpg

Poytaxtlik yosh tadbirkor Temur Maminov aksiya haqida radiodan eshitib, kelib bolalarga qon berdi.

“Adolat” SDP tashabbusi bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida bemor bolalarga qon berish aksiyasi davom etmoqda.

photo5226845474496030894.jpg

– Shunday aksiya bo‘layotganini radiodan eshitib qoldi, – deydi yosh tadbirkor Temur Maminov. – Jajji uka-singillarimning tezda sog‘ayib ketishlariga mening ham hissam qo‘shilsin degan niyatda bu yerga shoshildim. Agar bolajonlarga yordamim tekkan bo‘lsa, juda baxtiyorman.

Insonparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ulari bilan o‘rnak bo‘lgan Temur Maminovga “Adolat” SDPning tashakkurnomasi topshirildi.

Partiyaning ushbu dasturiy maqsadlari doirasida tashkil etilgan donorlik aksiyasi davomida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, 55 kilogramdan oshiq vaznga ega O‘zbekiston fuqarolari donor sifatida ishtirok etishmoqda. Shuningdek, tadbirda ayollarda gemoglabin darajasi 120, erkaklarda esa 130 dan yuqori bo‘lishi kabi talablarga javob beradigan sog‘lom ayollar har uch oyda, erkaklar ikki oyda bir marta donorlik qilishlari mumkinligi va bir necha marotaba tibbiy hamda qon tekshiruvidan o‘tishlari lozimligi ham tushuntirilmoqda.

“Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarida hamda Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida o‘tkazilgan mazkur beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan yurtdoshlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirmoqda.

O‘zA
2 066