Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.06.2018 14:50 Chop etish versiyasi

ONLAYN: “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish borasida 15 dan ziyod mamlakat milliy harakatlar dasturiga ega”

ONLAYN: “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish borasida 15 dan ziyod mamlakat milliy harakatlar dasturiga ega”
“Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuidagi xalqaro konferensiyasi turli qarashlar va fikrlar xilma-xilligi ruhida o‘tmoqda.

Ayni paytda BMTning Istanbuldagi mintaqaviy ofisining klaster rahbari Shelli INGLIS so‘z oldi.

– Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda BMTning maxsus rezalyutsiyalari qabul qilingan. Faoliyatimizning huquqiy asosini ana shunday hujjatlar tashkil etadi. Bugun biz Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olishda har bir mamlakat miqyosida milliy harakatlar dasturlarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqdamiz. Boisi, bir makon va davrda yashayotganimizga qaramasdan xalqlar va davlatlar madaniyati, tili, dini va hayot tarzida o‘ziga xoslik mavjud. Demakki, terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremiz va radikalizm ta’siriga tushib qolayotganlar ham turli yondashuvlarga ega. Hozirgi kunda 15 dan ziyod mamlakatlar o‘zining milliy harakatlar dasturlari va strategiyalarini ishlab chiqqan. Shundan bir nafari Markaziy Osiyo, teng ravishda Sharqiy Afrika va boshqa davlatlardir.

Shelli INGLISning qayd etishicha, bu tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda individual yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim vosita bo‘la oladi.

O‘zA
1 342