Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.05.2018 16:29 Chop etish versiyasi

ONLAYN: Shuhrat Turdiqulov fuqaroni imtiyozli uy bilan ta’minlashga hokimlik ko‘mak berishiga va’da berdi

ONLAYN: Shuhrat Turdiqulov fuqaroni imtiyozli uy bilan ta’minlashga hokimlik ko‘mak berishiga va’da berdi
Ishchi guruhi “Shayx Zayniddin” jome’ masjidida Toshkent shahar tumanlaridan jazoni ijro etish muassasalarida bilib-bilmay diniy ekstremistik oqimiga aralashib qolgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdi.

Umrining o‘n sakkiz yarim yilini temir panjara orasida o‘tkazgan 1976-yilda tug‘ilgan G‘ayrat Po‘latov ishchi guruhiga bugungi oilaviy holati haqida gapirdi. Qilmishlaridan ming pushaymon ekanini, xatolarini tushunib yetganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u sog‘ligini tiklashi uchun kasalxonaga yotib davolanishiga imtiyoz berilishini, oilasi bir uyga siqilib qolgani, imtiyozli uyga ehtiyoji borligini, ammo boshlang‘ich to‘lovni to‘lashga imkoni yo‘qligini aytdi.

photo5469686704983091718.jpg

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov fuqaro G‘ayrat Po‘latovni imtiyozli uy bilan ta’minlashga hokimlik ko‘mak berishini ta’kidladi.

Anora Sodiqova, O‘zA
1 802