Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.06.2018 12:39 Chop etish versiyasi

ONLAYN: ”Energetik” ichimliklarni kimlarga sotish mumkin emas?

Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan quvvat beruvchi (energetik) ichimliklarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning iste’moli va ishlab chiqarilishini tartibga solishga oid aksiya o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus tafsilotlari va aksiya doirasidagi mulohaza va munosabatlar bilan sizni xabardor qilishda davom etamiz.

Quvvatni oshiruvchi ichimliklar tarkibidagi mavjud kofein miqdori me’yorlariga oid qoidalar har bir davlatning qonunchiligida alohida belgilangan. Misol uchun, Latviyada quvvat beruvchi ichimlikning har bir litrida 150 mg. dan ko‘p bo‘lmagan, Fransiyada esa 220 mg. hajmda kofein miqdori mavjud bo‘lishi me’yori belgilangan.

Tarkibida kofein miqdori yuqori bo‘lgan quvvat beruvchi ichimliklar reklamasi, markirovkasi, sotilishi va iste’mol qilinishi cheklovi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni vaqtda qator davlatlarda, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington, Kentukki va Michigan shtatlarida, Birlashgan Arab Amirliklari, Daniya, Islandiya, Kolumbiya, Quvayt, Latviya, Litva, Meksika, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Urugvay, Fransiya va Rossiya Federatsiyasining 38 ta subyektida bu kabi ichimliklarni voyaga yetmaganlar, homilador va emizikli ayollar, asab yoki yurak kasalliklari mavjud bemorlarga sotish qat’iyan man etilgan.

Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida quvvat beruvchi ichimliklarni sotish mumkin bo‘lgan iste’molchilar yoshini 18 dan 20 gacha oshirish masalasi muhokama etilayotgan bo‘lsa, Fransiyada (u yerda yiliga 60 million litr quvvat beruvchi ichimliklar iste’mol qilinadi) iste’mol qilishni cheklash maqsadida 2013 yil 1 oktyabrdan bu ichimlikning har bir litriga 1 yevro miqdorida soliq solish to‘g‘risida qonun qabul qilingan.

Latviyada energetik ichimliklarni sotish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini buzgan shaxslarga nisbatan 175 yevro, Litvada esa 400 litr miqdorida jarima belgilangan.

O‘zA

O‘zA
2 456