Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.05.2018 13:10 Chop etish versiyasi

ONLAYN: Endi xonandalarning to‘yga chiqishi “O‘zbekkonsert” orqali amalga oshadimi?

ONLAYN: Endi xonandalarning to‘yga chiqishi “O‘zbekkonsert” orqali amalga oshadimi?
“Hokimning bir ish kuni” loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov xonadonlarda bo‘lib, aholining ijtimoiy hayotiga molik bo‘lgan takliflarini ham o‘rganmoqda.

Hokim o‘rinbosari yo‘l yo‘lakay xonandalar to‘yga chiqishlari haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdi. Xususan, uning taklifiga ko‘ra, “Xonandalarning to‘yga chiqishlari “O‘zbekkonsert” Davlat muassasasi orqali amalga oshirilishi lozim.

“Shunda, “O‘zbekkonsert” Davlat muassasasi orqali xonandalar to‘yga aytilsa, ularning har bir chiqishlari soliqqa tortilishi, narxining nazoratda bo‘lishi osonlashadi”, dedi Shuhrat Turdiqulov.

“Hozirda xonandalar litsenziya olishda davlatga pul to‘laydilar xolos, bu ularning daromadiga nisbatan ancha kam. Hatto birrov to‘y narxidan ham arzon”, dedi hokim o‘rinbosari.

Anora Sodiqova, O‘zA
1 959