Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 16:03 Chop etish versiyasi

Sirdaryo viloyatida 100 yoshdan oshgan onaxonlarga bayram sovg‘alari topshirildi

Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi tomonidan 100 yoshdan oshgan onaxonlar holidan xabar olinib, sovg‘alar topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va rolini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ayni paytda viloyatda 22 nafar 100 yoshdan oshgan onaxon istiqomat qilmoqda. Ularning salomatligi doimiy ravishda shifokorlar nazoratida. Mamlakatimizda turli bayramlar arafasida yoshi ulug‘ insonlar holidan xabar olish, bayram bilan qutlash yaxshi an’anaga aylangan. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev 100 yoshdan oshgan onaxonlarni tabriklab, bayram sovg‘alari topshirdi.

– Viloyat hokimining uyimizga kelib, bayram bilan tabriklaganidan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi, – deydi Guliston tumanida yashovchi 103 yoshli O‘g‘iloy momo Yo‘lyaxshiyeva. – Keksalarini qadrlaydigan, ayollarini e’zozlaydigan shunday jannatmonand yurtimiz hamisha tinch bo‘lsin! Mana shunday farahbaxsh kunlar uchun onalarni doimo yo‘qlab turadigan davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 735






Все о погоде - Pogoda.uz