Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 19:50 Chop etish versiyasi

Oltiariqda zamonaviy “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi

Oltiariqda zamonaviy “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi va davlat notarial idorasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

5.JPG

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida inson manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibot idoralari, xususan, adliya tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarining samarali mehnat qilishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

8.JPG

“Obod Oltiariq sevinch” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilgan bino qurilishiga 1,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Zamonaviy va milliy arxitektura yechimlari asosida qad rostlagan binoda nikohni qayd etish marosimini tashkil qilish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Xususan, oila qurish arafasidagi yoshlarga saboq berishga mo‘ljallangan “Oila dorilfununi”, “Yosh oila quruvchilar maktabi” xonasi, marosimlar zali, hujjatlarni saqlash va boshqa xonalar bugungi kun talablari asosida jihozlangan.

11.JPG

– Bosh qomusimizning 25 yilligi arafasida bu tuman ahliga ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi, – deydi tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi Odinaxon Xalilova. – Oilaning ahil-totuvligi va farovonligi jamiyat barqarorligini ta’minlashning muhim bo‘g‘inidir. Bizning yanada samarali faoliyat yuritishimiz uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.

Ikki baxtiyor yosh – Ibrohimjon Mamajonov hamda Sadoqat Sotvoldiyevaning nikoh to‘yi yangi barpo etilgan “Baxt uyi”ning ochilish marosimiga to‘g‘ri kelgani bilan ham esda qolarli bo‘ldi.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
903






Все о погоде - Pogoda.uz