Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.06.2018 18:33 Chop etish versiyasi

Olti oyda qariyb 3 million dollar eksport

Olti oyda qariyb 3 million dollar eksport
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Agro peanut trade” agrofirmasiBAA bilan 78 ming dollarga teng 130 tonna moshga “Kwok luen trading Co” korxonasi esa Xitoyga 117 mingdollarga teng miqdordamosh yetkazib berish maqsadida shartnoma imzolagan edi. Ayni vaqtda kelishilgan mahsulotlar to‘liq yetkazib berildi.

“Surxon eksport import” agrofirmasi Rossiyaning “Agro yug” korxonasi bilanqishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish borasida15 million dollarga teng shartnoma imzolagan edi.Aprel, may oylarida200 ming dollar miqdorida mahsulotlar eksport qilindi.Yil boshidan buyon korxona2 million 778.8 ming dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiniamalga oshirdi.

Albatta, eksport hajmining ortishidaSurxon vohasining har bir tumanida O‘zmilliybank Toshkent shahar bosh boshqarmasi filiallari, Kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik va fermer xo‘jaliklari eksportini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi ishtirokida agrofirmalar tashkil etilgani ko‘l keldi.

– Albatta bunday jarayonlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, – deydi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasimutaxassisiAzizbek Islomov . – Vaholanki, agrofirmalarga chetdan xaridor topish hamda shartnomalar imzolash hamda boshqa moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishdajamg‘armamiz yaqindan ko‘mak bermoqda. Xususan, biz hudud korxonalariga mamlakatimiz va chet ellarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar, biznes-forum va kooperatsion birjalarda ishtirok etib, xaridorlar topish va shartnomalar tuzish, eksporti jo‘g‘rofiyasini kengaytirish borasida tegishlima’naviy va moddiy maslahatlar berayotirmiz. Xalqaro tadbirlarda ularning ishtirokini ta’minlayotirmiz.

O‘zA
1 386