Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.06.2018 17:21 Chop etish versiyasi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari ma’lum bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari ma’lum bo‘ldi
2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvotalar ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyunda “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yili uchun kvotalar bakalavrlar uchun 69 200 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 17 654 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 51 546 nafar; 

magistrlar uchun 5 903 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1 552 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 4 351nafar;

maxsus sirtqi bo‘limlarda bakalavrlar uchun 11 765 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 11 750 nafar etib belgilandi.

O‘zA
7 180