O‘zA O`zbek

12.06.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Olimlar fermer dalasida...

Olimlar fermer dalasida...
Mamlakatimizda yog‘ingarchilik nisbatan kam bo‘lgani oqibatida aksariyat hududlarda suv tanqisligi yuzaga kelgani hammaga ayon haqiqat.Bahorningsalqin va quruq kelishitufayli paxta va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha orqada qolmoqda.

Endi asosiy e’tiborni agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida oqilona bajarish orqaligina bu vaziyatdan chiqish ehtimoli kutilmoqda. Bu boradaolimlar yer egalarining eng yaqin ko‘makdoshi bo‘lmoqda.

Ayni vaqtda Toshkent davlat agrar universiteti olimlari guruhlarga bo‘linib, tumanlardagi dehqonchilikda mavjud muammolar, ularning yechimi,agrotexnologik tadbirlar, joriy yilgi suv tanqisligidan kelib chiqqan xolda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda tejamli usullarni qo‘llash borasidaqo‘rgazmali seminarlar o‘tkazmoqda.

Ana shunday uchrashuvlar Toshkent viloyati tumanlarida ham o‘tkazilmoqda. Ulardan biri – Toshkent tumanidagi “Oltin ufq agro” fermer xo‘jaligining dala maydonida o‘tkazildi.

– G‘alla va sabzavotlar yetishtiramiz, –deydi “Allaziz barokot” fermer xo‘jaligi rahbari Lazizjon Yusupov.– Takroriy ekin sifatida kartoshka va karam ekishni mo‘ljallab turibmiz. Bizga kartoshka urug‘ini ekishdan oldin qanday dorilash, kartoshka kuyasiga qarshi kurashning innovatsion yechimlari haqida bilib oldik. Lavlagining tezpishar, eksportbop va qadoqlashga qulay navi yaratilgan ekan, urug‘idan harid qildik. Bu kabi ko‘plab yangiliklar bilan yaqindan tanishdik. Kelgusida olimlar bilan hamkorlik qilishga kelishib oldik.

Toshkent davlat agrar universiteti prorektori M.Adilovning ta’kidlashicha, mulk egalari suvdan oqilona foydalanish, ekinlarni zamonaviy yetishtirish texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, kasallik va zararkunandalarga qarshi ekologik toza biologik kurash usullarini qo‘llash, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va quritishning zamonaviy usullari bilan yaqindan tanishgan. Olimlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishgan.

O‘zA
1 758