Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 15:31 Chop etish versiyasi

Olima ayollarning innovatsion ishlanmalari, yangi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan “Innovatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlarining o‘zaro aloqasiga oid dolzarb masalalar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Partiya viloyat kengashining “Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat “Olima” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, partiya “Ayollar qanoti” faollari, oliy o‘quv yurtlari olimalari, tadbirkor va fermerlar qatnashdi.

Mamlakatimizda zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ularni barcha soha va tarmoqlarda qo‘llash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturiy maqsadlarida ham ushbu yo‘nalishda muhim vazifalar belgilanib, amalga oshirilmoqda. “Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi asosida ilm-fan sohasida izlanish olib borayotgan, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatida zamonaviy innovatsiya texnologiyalaridan foydalanayotgan xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlanmoqda.

– Bugungi tadbir viloyatimizda innovatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari hamkorligini yanada mustahkamlash, olim, tadbirkor va fermer ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi, – deydi partiya viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Jamila Sayfuddinova. – Seminar davomida mazkur sohalarda shu paytgacha erishilgan yutuqlar, ayni paytda olib borilayotgan tadqiqot ishlari atroflicha tahlil etildi, o‘zaro fikr almashildi. Innovatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida olima ayollarning innovatsion ishlanmalari, yangi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 333






Все о погоде - Pogoda.uz