O‘zA O`zbek

04.07.2018 14:40 Chop etish versiyasi

Oilaviy tadbirkorlik rivojlangan


№ 39 Хазрати Имом.jpg

Boburjon G‘OIBNAZAROV,
“Hazrati Imom” MFY raisi:

– Mahallamizda 615 ta xonadon mavjud. Ularda 6 ming 315 aholi istiqomat qiladi. “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Anchadan buyon ko‘tarilmagan muammolar hal etilmoqda. Aholiga har tomonlama qulay sharoit yaratilmoqda. Dastur doirasida ko‘chalar asfalt qilinib, chiroqlar o‘rnatilmoqda.

Lekin, masalaning boshqa tomonini ham hisobga olish kerak. Aholida hamma muammolarni davlat yoki mahalla hal qilib beradi, degan noto‘g‘ri qarash, ya’ni boqimandalik paydo bo‘lmoqda. Buning oldini olish maqsadida mahallamizda bunyodkorlik ishlari bo‘ladimi, obodonlashtirish ishlarimi aholini jalb etamiz. Shu mahallada yashaydimi o‘z hissasini qo‘shsin degan niyatda. Fuqarolarimiz bundan hech qachon norozi bo‘lmagan. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida oilalarga kirib taklif va tavsiyalarni beryapmiz. Bank xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etyapmiz. Bizda asosan, oilaviy tadbirkorlik rivojlangan.

To‘y-hashamlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, buyuk faylasuf Suqrotning bir gapi bor: “Man odamlarni biror ishga o‘rgata olmayman, lekin fikrlashga o‘rgataman”. Bu degani, odamlarga nima qilishini emas, qilgan ishi qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini o‘rgatish muhimroq. Dabdabali to‘y qilayotgan odamlar ham o‘zi fikrlab ko‘rsa, to‘ydan keyingi asoratini o‘ylaydigan bo‘lsa bu natija beradi. Mahallamizda to‘ylar kamxarj, namunali bo‘lyapti, deb ayta olaman.

O‘zA
6 527