Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.11.2017 16:32 Chop etish versiyasi

“Oilalar va bolalarni himoya qilishda ijtimoiy yondashuv” mavzuida seminar-trening tashkil etildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda YUNISЕFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminar ishida mahalla, xotin-qizlar qo‘mitalarining faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, mahalliy hokimliklarning yoshlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarining mas’ul xodimlari qatnashdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G.Ma’rufova va boshqalar mamlakatimizda bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, oilalar manfaatlarini himoyalash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni atroflicha o‘rganish, aniqlangan dolzarb masalalarni joyida hal etish, bu jarayonda, ayniqsa, sektor rahbarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari hamda jamoatchilikning mas’uliyatini oshirish muhimligiga e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan aholi bilan bevosita ish olib borish, xonadonlarga kirib, oilalardagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni atroflicha o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga tibbiyot, ta’lim maskanlari faoliyatini atroflicha tahlil etish yuzasidan qo‘mitaning tegishli tashkilotlar bilan hamkorligi yanada kuchaytirilmoqda.

Mazkur jamoat tashkiloti hamda YUNISЕFning yurtimizdagi vakolatxonasi bilan birgalikdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xizmatlarni rivojlantirish” loyihasi alohida ehtiyojli oilalarga ma’naviy, huquqiy, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishni sifat jihatdan yanada takomillashtirishga qaratilgandir.

– Mahallamizdagi oilalarni turli nizolar, ko‘ngilsiz holatlardan asrashda mahalliy hokimlik vakillari, psixologlar, shifokorlar ham keng jalb etilgan, – deydi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Oybek nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi, Ayollar maslahat markazi rahbari Muhayyo Musayeva. – Bu esa ajrimlarning oldini olishda, yoshlar tarbiyasiga doir ishlarni to‘g‘ri tashkil etishda kutilgan natijalarni bermoqda.

Seminar mashg‘ulotlarida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining mutaxassislari, huquqshunos va psixologlar tomonidan ijtimoiy himoyaning normativ-huquqiy asoslari, barkamol avlodni voyaga yetkazishda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, soha muassasalari faoliyatini va o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 503






Все о погоде - Pogoda.uz