Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.12.2017 18:04 Chop etish versiyasi

Ogohlikka chorlovchi fotoko‘rgazma

Ogohlikka chorlovchi fotoko‘rgazma Namangan shahridagi «Barkamol avlod» bolalar markazida «Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi» deb nomlangan ko‘chma fotoko‘rgazma tashkil etildi.

«Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan fotoko‘rgazmada viloyat hokimligi, huquq-tartibot idoralari vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar va yoshlar ishtirok etdi.

9.jpg

6.jpg

Tadbirda dunyoda diniy ekstremizm va terrorizm xuruji tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongu qalbini turli yot illatlardan asrash, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ko‘rgazmadan joy olgan fotoasarlar barchani turli yot g‘oyalar ta’siridan ogoh bo‘lishga chorlaydi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
8 133