O‘zA O`zbek

18.09.2018 15:25 Chop etish versiyasi

Ochiq darslar dekadasi bu qanday dars?

Ochiq darslar dekadasi bu qanday dars?

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida ochik darslar dekadasini tashkil etish anʼanaga aylangan.

Xoʻsh, ochiq darslar dekadasi bu qanday dars? 

Bugungi tezkor zamonda oʻquvchilarga bilim berishda innovatsion yondashish, darslarni axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda tashkil etish oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Fanlarni oʻqitishda koʻrgazmali vositalar, slayd va diagrammalardan foydalanish, darslarni tabiat qoʻynida, madaniyat va istroxat bogʻlarida, muzeylarda sayohat tarzida olib borish, oʻquvchilarning oʻzlari sahna koʻrinishlari tayyorlashlari, ayniqsa, dars mashgʻulotlarida ota-onalarning ishtiroki oʻgʻil-qizlarning qiziqishini oshirib, bilimlarini mustahkamlaydi. Ushbu turdagi dars mashgʻulotlarida shu kabi jihatlarga alohida eʼtibor qaratilishi ahamiyatlidir.

Navbatdagi ochiq darslar dekadasi oʻquv yilining birinchi oyida tashkil etildi. Barcha sinflarda oʻtkazilgan ochiq darslar, ayniqsa, bu yil maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan jajji oʻgʻil-qizlarda katta taassurot qoldirdi. 

– Bu yilgi oʻquv yilini har qachongidan-da katta shijoat, ishtiyoq bilan boshladik, – deydi Sergeli tumani 47-umumtaʼlim maktabi direktori Raʼno Rahimova. – Ayniqsa, Prezidentimizning 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oʻqituvchilarimizning ruhini koʻtardi. Bunday ragʻbat va eʼtibordan ruhlangan pedagoglar har jabhada munosib boʻlishga intilmoqda. 

Har bir ochiq darslarda oʻqitishning zamonaviy usullaridan, axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalanildi. Mashgʻulotlarda oʻquvchilar topshiriqlarni puxta ifoda etgan boʻlsa, fan oʻqituvchilari ularni baholab bordi. 

OʻzAb3a5ae18-4cba-462e-88ef-e3dfc9e0a0e1.jpg

0227a2a3-34b8-477c-bb6b-97f287845322.jpg

4e1b60c5-3fb0-4b8e-aa81-e9feba27a488.jpg

1e445f29-77b5-45a5-b358-52f7858d7400.jpg

61613833-1e73-4652-ba19-392cac5220db.jpg



O'zA
1 306