Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.01.2018 11:27 Chop etish versiyasi

OAV: Bir necha yuz yildan keyin Yerda hayot bo‘lmasligi mumkin

OAV: Bir necha yuz yildan keyin Yerda hayot bo‘lmasligi mumkin Amerikalik va britaniyalik olimlarning AQSh Milliy Fanlar Akedemiyasiga taqdim etgan rasmiy axborotiga asoslanib RIA Novosti bu haqda xabar bermoqda.

Olimlar fikricha, tabiatga yetkazilayotgan talofatlar, tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanish, atrof-muhit ifloslanishi darajasi bundan keyin kamaygan taqdirda ham global iqlim isishi davom etadi. Hatto, 2200-2400-yillarga kelib juda yuqori harorat sabab insonlar va boshqa jonzotlar Yerda yashay olmasligi mumkin.

Shuningdek, olimlar Yerda sivilizatsiya yakun topishiga yuqumli kasalliklar pandemiyasi, "Yadro qish", sun’iy ongning noma’lum oqibatlari, asteroid to‘qnashuvi kabi ehtimoliy sabablar ham olib kelishi mumkin, deb ta’kidlamoqda.

O‘zA
5 561