Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 14:15 Chop etish versiyasi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga direktor tayinlandi

2017-yil 04-dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida Markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Madaniyat vazirligining 2017-yil 1-dekabrdagi buyrug‘iga asosan Abduqahhorov Odiljon Abdug‘aniyevich “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlangani aytib o‘tildi.

Odiljon Abduqahhorov mehnat faoliyatini sobiq “Kamolot” YOIH Namangan viloyat bo‘limi kengashida boshlagan bo‘lib, keyinchalik “Kamolot” YOIH markaziy kengashi apparatining bir qancha mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012-yildan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi (sobiq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi) Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i, 2017-yilning oktyabr oyidan esa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev ishtirok etdi.


765






Все о погоде - Pogoda.uz