O‘zA O`zbek

31.12.2018 12:09 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda yillik oʻlimlarning 78 foiziga yuqumsiz kasalliklar sabab boʻlmoqda

Oʻzbekistonda yillik oʻlimlarning 78 foiziga yuqumsiz kasalliklar sabab boʻlmoqda

Yurtimizda dehqonchilik mahsulotlari moʻl-koʻl yetishtirilsa-da, aholi kundalik ovqat ratsionida meva-sabzavot turlari isteʼmoli yetarli emas. Ushbu muammolar tufayli Oʻzbekistonda yillik oʻlim holatlarining 78 foizi aynan yuqumsiz kasalliklar ulushiga toʻgʻri kelmoqda, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Prezidentimizning 2018 yil 18 dekabrda qabul qilingan “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Unda tibbiy-profilaktika sohasida olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, jismoniy faollik va toʻgʻri ovqatlanish madaniyatini keng targʻib etish tilga olingan.Yuqumli boʻlmagan kasalliklar koʻpchilik oʻylaganidek,xavfsiz tuyulsa-da turmush tarzimizni kemiruvchi katta illat hisoblanadi.

OʻzA
747